Python dasturlash tilida birinchi dasturni yaratish

Anaconda disributori komputerga o‘rnatildi. Keyingi bo‘limda Jupyter Notebook IDEsi orqali Python dasturlash tilida birinchi dasturimizni yozib o‘rganamiz. 

1.4. Python dasturlash tilida birinchi dasturni yaratish Windows sistemasida “Start” tugmasini bosib, Anaconda Navigator dasturini ishga tushiring. 

 

Anaconda Navigator dasturi ochilgan joydan Jupyter Notebook dasturini ishga tushiring.

  
 

Jupyter Notebook dasturi ko‘rinishi. Browserda ochiladi. Pastdagi suratda ko‘rsatilgan.


 

Python faylini ochish uchun o‘ng tomondagi ‘new’ tugmasini bosing, va “Python 3” tugmasini bir marta bosing.


 

Python fayli yaratildi. Birinchi dasturimizni yozishimiz mumkin.

Birinchi dasturim

Birinchi dasturimizda ekranga ism va familyani chop etishni o‘rganamiz. Python dasturida ekranga natijani chop etish uchun ‘print()’ funksiyasidan foydalaniladi. Suratda ko‘rib turgan birinchi dasturimizda ham

print(“Ismailov Alisher”)

print funsksiyasidan foydalangan holda, ism va familyani ekranga chop etdik. Agar ism familyangiz suratda ko‘rsatilgandek ekranda ko‘ringan bo‘lsa tabriklayman, siz Python dasturlash tilida birinchi dasturingizni yaratdingiz.


 


 Ismailov Alisher Shakirovich

Comments

Popular posts from this blog

Python dasturlash tilida Izoh qoldirish