Python dasturlash tilida Izoh qoldirish

 Python dasturlash tilida Izoh qoldirish

Izoh dasturlashda quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

·         Izoh Python kodini tushuntirish uchun ishlatilishi mumkin.

·         Dasturiy kodni yanada osonroq o‘qilishi uchun izohlardan foydalanish mumkin.

·         Izohlar kodni sinab ko‘rishda bajarilishini oldini olish uchun ishlatilishi mumkin.

 

Izohlar # belgisi bilan boshlanadi va Python dasturlash tili ularni e’tiborsiz qoldiradi.

 

Izohlar matn oxirida joylashtirilishi ham mumkin va Python dasturlash tilida qatorning qolgan qismi e’tiborsiz qoldiradi:

 
Izoh kodni tushuntiruvchi matn bo‘lishi shart emas, u Python dasturlash tilida kodni bajarishini oldini
olish uchun ham ishlatilishi mumkin:

Suratda ko‘rib turganimizdek print(“Salom Python”) qatori e’tiborsiz qoldirildi sababi bu qatorning boshiga # belgisi orqali uni izoh qilib belgiladik.

 

Ko‘p qatorli izoh qoldirish.

Ko‘p qatorli izoh qoldirishning birinchi usuli bu har bir qatorga # belgisini qo‘shishingiz mumkin:

 

Ko‘p qatorli izoh qoldirishni ikkinchi usuli uchta qo‘shtirnoq “””izoh matni joylanadi“”” belgisidan foydalanish.


 


 Ismailov Alisher Shakirovich

Comments

Popular posts from this blog

Python dasturlash tilida birinchi dasturni yaratish