Python dasturlash tiliga kirish

Ismailov Alisher  Shakirovich

Mavzu mundarijasi

 

     Python dasturlash tili

      Integrallashgan dasturlash muhiti (integrated development environment  IDE)

      Python dasturlash muhitini yaratish

      Python dasturlash tilida birinchi dasturni yaratish

      Python dasturlash tilida Izoh qoldirish

      O‘zgaruvchi (variable)

      Berilganlar turi (data types)

      Python dasturlash tilida raqam berilganlar turlari

      Berilganlar turini o‘zgartirish (Type Conversion)

      Boolean berilganlar turi

      Foydalanuvchi ma’lumot kiritishi

 

1.1. Python dasturlash tili

Python keng qo‘llaniladigan umumiy maqsadli, yuqori darajadagi dasturlash tilidir. U 1991 yilda Guido van Rossum tomonidan yaratilgan. Python dasturlash tili kodning o‘qilishiga e'tibor qaratilgan holda ishlab chiqilgan va uning sintaksisi dasturchilarga o‘z tushunchalarini kamroq kod qatorlarida ifodalash imkonini beradi.

 

1.2. Integrallashgan dasturlash muhiti (integrated development environment  IDE)

IDE dasturiy ta'minotni ishlab chiqish vositasi bo‘lib, asosan dasturchilar tomonidan dasturlar yoki dasturiy ta’minotni yozish va sinab ko‘rish uchun foydalaniladigan dastur hisoblanadi. Python dasturlash tilidan foydalanish uchun bir qancha IDElar mavjud. Quyidagi jadvalda IDElarni nomi keltirilgan.

IDE nomi

Sistemalar

Thonny

Windows, Linux, Mac OS X

Komodo

Windows/Linux/Mac OS X

LiClipse

Linux/Mac OS X/Windows

NetBeans

Linux, Mac, Solaris, Windows

PyCharm

Linux/Mac OS X/Windows

Python for VS Code

Linux/Mac OS X/Windows

KDevelop

Linux/Mac OS X/(Windows)

PyDev

Eclipse

Wing

Windows, Linux, Mac OS X

PyScripter

Windows

Spyder

Windows/Linux/macOS

IDLE

Windows/Linux/Mac OS X/

IdleX

Windows/Linux/Mac OS X/

µ.dev

Windows

Pyzo  

Windows/Linux/Mac OS X

PythonToolkit

Windows/Linux/Mac OS X

PyStudio

Windows/Linux/Mac OS X

Python Tools for Visual Studio

Windows

Exedore

Mac OS X

 

1.3.Python dasturlash muhitini yaratish

Python dasturlash tilidan foydalanish uchun uning dastur muhitini yaratib olishimiz kerak. Dastur muhitini yaratishda sodda va ishlatish oson bo‘lgan Anaconda dasturidan foydalanish tavsiya etiladi.

Anaconda - bu dasturiy paketlar menejeri, dastur muhit menejeri va Python dasturlash tili distributori hisoblanadi. Anaconda disributorini afzallikllaridan biri bu Anaconda disributori tayyor dasturiy paketlar bilan birga komputerga o‘rnaydi. Bu dasturiy paketlar katta loyihalar yaratilganda qo‘llaniladi. Bunday dasturiy paketlarni bir qanchasini sanab o‘tish mumkin, numpy, scikit-learn, scipy, panda va boshqalar. Anacondani o‘rnatganingizdan so‘ng sizga qo‘shimcha paketlar kerak bo‘lsa, ushbu paketlarni o‘rnatish uchun Anaconda paket menejeri, conda yoki pipdan foydalanishingiz mumkin. Bu jarayonni foydasi, bir nechta paketlar orasidagi bog‘liqlikni siz o‘zingiz boshqarishingiz shart emas Anaconda avtomatik tarzda boshqarib komputeringizga o‘rnatadi. Ushbu kitobda Python dasturlash tilini Jupyter Notebook IDEsi orqali o‘rganiladi. Jupiter Notebook IDE Anaconda distributori bilan birga o‘rnaydi. Keyingi bo‘limda Anaconda distirbutorini windowsga o‘rnatish jarayonini birga o‘rganamiz.

Anaconda distirbutorini windowsga o‘rnatish.

1.      Anaconda veb-saytiga kiring (https://www.anaconda.com/) va  suratda ko‘rsatilgandek grafik o‘rnatuvchisini (Download) ustiga bir marta bosing.

 

  2.        

        Yuklab olish joyini toping va ustiga ikki marta bosing.

 

3.       

     Quyidagi ekran paydo bo‘lganda, Keyingi (Next) tugamasini bosing.

 

4.       

    Litsenziya shartnomasini o‘qing va "Roziman" (I Agree) tugmasini bosing.

 

 

       Keyingi tugmasini (Next) bosing.

 

 

 .      O‘rnatish joyingizga e’tibor bering va "Keyingi" (Next) tugmasini bosing.

 

 

       Tavsiya etilgan holatda O‘rnatish (Install) tugamasini bosing.

 

8.       

        Keyingi (Next) tugamasini bosing

 

9.      

          Agar xohlasangiz, Microsoft VSCode dasturini ham o‘rnatishingiz mumkin, bu ixtiyoriy, biz  o‘rnatmaymiz. Skip tugamasini bosamiz.

 

10.  Tugadi (Finish) tugmasini bosing.

 

Anaconda disributori komputerga o‘rnadi. Keyingi bo‘limda Jupyter Notebook IDEsi orqali Python dasturlash tilida birinchi dasturimizni yozib o‘rganamiz.


Ismailov Alisher  Shakirovich

Comments

Popular posts from this blog

Python dasturlash tilida Izoh qoldirish

Python dasturlash tilida birinchi dasturni yaratish